Eronning Semnan viloyatida joylashgan kosmik markazning uchirish maydonchasida raketa portlab ketdi, deb xabar beradi Meduza.
Associated Press agentligining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga tayanib ma’lum qilishicha, hududda qora tutun va raketaning yongan qismlari ko‘ringan.
Eron shu kunlarda Nahid 1 sun’iy yo‘ldoshi o‘rnatilgan raketani uchirishni rejalashtirayotgan edi. Portlash ushbu raketaga bog‘liq yoki bog‘liqmasligi hozircha noma’lum.
Agentlikning ta’kidlashicha, bu Eron tomonidan joriy yilda uchinchi marotaba raketalarning muvaffaqiyatsiz uchirilishi hisoblanadi.
Eron hukumati mazkur holatga izoh bermagan.
Izoh (0)