Amerikalik poygachi va teleboshlovchi 39 yoshli Jessi Kombs Oregondagi avtohalokatda vafot etdi, deb yozmoqda Meduza.
Voqea 27-avgust kuni reaktiv avtomobilda o‘z rekordini yangilamoqchi bo‘lganida sodir bo‘lgan. Sinov Alvorda ko‘lining qurigan tubida o‘tkazilgan. Kombs soatiga qariyb 996 kilometr tezlikda haydashga uringan.
The Washington Post gazetasida yozilishicha, Jessi Kombsni “to‘rt g‘ildirakdagi eng tezkor ayol” deb atashgan. 2013-yilning oktabrida soatiga 632 kilometr tezlikda haydab, ayollar o‘rtasida 48 yil davomida o‘zgarmagan rekordni yangiladi. 2016-yilda esa u soatiga 796 kilometr haydab, o‘z rekordini yangilagan edi. 2018-yilda soatiga 777 kilometr tezlikda haydagan, lekin bu natija rasman hisobga olinmagan.
Jessi Kombs All Girls Garage, Overhaulin, Extreme 4x4 teledasturlaridagi faoliyati bilan tanilgan.
Izoh (0)