Xitoyning Xaynan provinsiyasida tornado sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan.
Qayd etilishicha, tornado Danchjou shahri rayonlaridan birida to‘satdan paydo bo‘lgan. Kuchli shamol ta’sirida ishchilar bo‘lgan qurilish maydonidagi ikkita vaqtincha turar joy binosi vayron bo‘lgan. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, yana ikki nafar jabrlangan shaxs kasalxonaga yotqizilgan.
Shiddatli shamol ta’sirida ko‘plab binolar vayron bo‘lgan. Tornado, shuningdek, hududda elektr energiyasida uzilishlar bo‘lishiga olib kelgan.
Hozirda mahalliy hukumat ofat oqibatlarini bataraf etish choralarini ko‘rmoqda.
Izoh (0)