Meksikaning Verakrus shtatidagi Koatsakoalkos shahrida joylashgan barga qilingan hujum oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jabrlanganlarning 9 nafari kuyish jarohatlari bilan kasalxonada qolmoqda. Ularning ayrimlari og‘ir ahvolda. Hukumat hujum ishtirokchilarini qidirmoqda, ammo hozircha bu hech qanday natija bermagan.
Voqea 28-avgust kuni yuz bergan. Noma’lum shaxslar dastlab bar binosini o‘qqa tutgan, keyin esa uning ichiga yonuvchi suyuqlik solingan idishlar tashlashni boshlagan. Oqibatda kuchli yong‘in kelib chiqqan.
Taxminlarga ko‘ra, sodir etilgan hujum ortida “Haliskoning yangi avlodlari” narkokarteli turgan bo‘lishi mumkin. Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador fojia yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan puxta tergov o‘tkazilishiga va’da bergan.
Izoh (0)