Rossiya prezidenti Vladimir Putin tyumenlik qariya Avgustina Alyoshina nomiga tabrik telegrammasini yubordi, deb xabar beradi “Tumen.MK.ru”.
Mehnat fronti ishtirokchisi, Ikkinchi jahon urushi veterani 95 yoshga to‘lgan. Urush davrining to‘rt yili davomida Alyoshina o‘smir bo‘lgan va O‘zbekistondagi aviatsiya zavodida kuniga 14 soatlab, dam olish kunisiz ishlagan. Hozirda u Tyumen viloyatining Yamalskiy-1 mikrorayonida istiqomat qiladi.
Avgustina Alyoshinaning besh nabirasi va 13 nafar evarasi bor.
Shuningdek, yubiley munosabati bilan veteranni viloyat gerontologiya markazi, Yamala veteranlar ittifoqi va Labitnangi vakillari ham muborakbod etdi.
Izoh (0)