Chilining Pukon shahar sudi mamlakat prezidenti Sebastyan Pinerani 6,8 ming dollar jarimaga tortdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarima uy qurilishida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgani bilan bog‘liq — ishni yakuniy qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan. Sud bu turdagi qonunbuzarlikka maksimal jarimani belgilangan. Mamlakat rahbari esa jarimani to‘lab ulgurgan.
Ta’kidlanishicha, sud uyni buzib tashlash bo‘yicha da’voni rad etgan.
Izoh (0)