Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning buyrug‘iga ko‘ra, mamlakat poytaxtida “Siyoma” ichimliklar va alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish zavodi ochildi, deb xabar beradi Sputnik.
Hozirgi vaqtda zavodda 100 kishi ishlamoqda. 25 nafar xorijiy mutaxassis yana 160 kishini o‘qitmoqda. Suv Dushanbedan 55 kilometr uzoqlikda bo‘lgan Siyoma daryosidan olinadi.
Tojikiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot va demografiya instituti bo‘limi mudiri Xojamaxmad Umarov “Siyoma” suvi eksporti haqida o‘z fikrlarini aytdi.
“Tojikiston O‘zbekiston janubiy viloyatlariga suvni eksport qilishi mumkin. Agar tojik-afg‘on chegarasi xavfsiz bo‘lganida, Afg‘oniston shimoliy viloyatlariga eksport qilish mumkin edi. Bu suv mikrokristal tuzilishga ega, u odam qon tomir tizimini tozalash uchun foydalidir. Bundan tashqari, bu suv juda mazali va u olinadigan daryo Markaziy Osiyoda juda mashhur”, — dedi mutaxassis.
Izoh (0)