Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman hukumat rahbarligidan ketdi. Bu haqda u o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylagan videomurojaatida ma’lum qilgan.
Groysman murojaatida o‘zidan keyin keladigan bosh vazirga kuch, sabr, omad va muvaffaqiyat tilagan. “Aynan u va yangi hukumatning ishidagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan Ukraina davlati va har bir ukrainalikning normal hayot tarzi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shaxsan men uchun bu doim birinchi darajali masala bo‘lgan”, — deydi Groysman.
https://www.facebook.com/volodymyrgroysman/videos/2350861965175898/
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosh vazir lavozimiga o‘z ofisi rahbarining o‘rinbosari Aleksey Goncharukni taklif qiladi. Aprel oyida, prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi avvalida Goncharuk “Zelenskiy kimligini tushunmayotganini” va “Poroshenkoni ko‘proq qo‘llab-quvvatlashini” ma’lum qilgandi.
Groysman Ukraina bosh vaziri etib 2016-yilning aprelida tayinlangan edi.
Izoh (0)