Hukumatning Rishton tumanini kompleks rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, ushbu tumanda sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 83 ta investitsiya loyihalari bajariladi.
Shuningdek, 2019-2021-yillarda tumanda maqsadli dasturlar asosida 1000 ta arzon uy-joy qurilishi hamda 7 181 ta yangi ish o‘rni yaratish nazarda tutilmoqda.
Dastur ijrosi har chorakda mahalliy kengashda muhokama qilib boriladi.
Izoh (0)