Braziliyaning Riu-Grandi-du-Sul shtatida tungi klubga hujum uyushtirildi.
Otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi. Jarohatlanganlar og‘ir holatda Portu-Alegri shahri kasalxonalariga yuborildi.
Niqobli qurollangan kishilar guruhi tungi klubga kirib kelib, musiqani o‘chirishni buyurgani, so‘ng u yerdagi ayolni otib tashlagani, keyinchalik boshqalarga ham o‘q uzgani bildirilmoqda.
Politsiya narkosavdogarlar o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)