Sputnik Almazbek Atambayevni qo‘lga olish operatsiyasi chog‘ida jarohatlangan maxsus kuchlari xodimlari hamda qishloqdoshlarini qutqargan uch inson haqida maqola e’lon qildi.
Voqealar epimarkazida ularning yaqinlari va qarindoshlari bo‘lsa-da, ular — tibbiyot xodimlari o‘z ishini tashlab keta olmasdi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidentini qo‘lga olish operatsiyasi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng tez tibbiy yordam brigadasi jabrlanuvchilarni qutqarishga kirishdi. Feldsher, haydovchi va hamshira 7-avgust kuni tartibsizliklar yuz bergan qishloqda yashaydi va shu yerda ishlaydi. Ular hamma yaralanganlarni taniydi.
Brigadaning har bir a’zosining kamida bir nafar yaqin insoni tartibsizlik bolayotgan hududda edi.
Hamshira Burul Tenizbayeva ish vaqtida o‘g‘li yaralanganini eshitib, ko‘z yoshini tiyib tura olmadi.
“Tartibsizliklar boshlangan paytda o‘g‘lim Atambayevning uyida edi. Men uning yaralanganini eshitdim. Biroq keyin u bilan nima bo‘lganini bila olmadim. Hamkasblarimda so‘rasam, hamma har xil javob berdi. Kimdir uni kasalxonada dedi, kimdir uni yuzidan jarohatlangan dedi. Men ishimni tashlab uning oldiga bora olmasdim. Yaralanganlar ko‘p va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish kerak edi”, — deydi hamshira.
Shifokorlar ishini yo‘llardagi tartibsizliklar qiyinlashtirardi. Ular tezroq yaralanganlar oldiga yetib borish uchun mashina derazasidan “Qo‘y-Toshga tez yordam brigadasi, yo‘lni bo‘shating” deb baqirardi.
Izoh (0)