• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Prezident matbuot xizmati tabrik matnini e’lon qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muhtaram vatandoshlar!

    Xalqimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda katta shodu xurramlik ila kutib olayotgan Qurbon hayiti bilan sizlarni, go‘zal diyorimizdagi barcha mo‘minlarni chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

    Asrlar davomida el-yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

    Mana shunday shukuhli va saodatli ayyomda hammamiz avvalo Alloh taboraka va taologa beadad shukronalar aytishimiz tabiiydir.

    Siz, azizlarga yaxshi ma’lumki, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, e’tiqod erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, turli millat va elatlar o‘rtasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda.

    Ayniqsa, xalqimizning islom madaniyati va sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligiga yetkazish, tabarruk qadamjolarni obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish borasida boshlagan xayrli ishlarimiz ilmu ma’rifatning qadriga yetadigan el-yurtimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.

    Fuqarolarimiz uchun yaratilgan yangi imkoniyat va sharoitlar tufayli ushbu mo‘tabar va ulug‘ ayyom kunlarida Makkai mukarramada muqaddas haj amallarini ado etayotgan 7 mingdan ziyod vatandoshlarimiz bugungi tinch-osoyishta, erkin hayot uchun Parvardigori olamga hamdu sanolar aytib, yurtimizga ravnaq, xalqimizga xayr-baraka so‘rab, duoi fotihalar qilishmoqda.

    Hojilarimizning barchasini samimiy muborakbod etib, ularning ona diyorimizga sog‘-salomat qaytib kelishlarini tilaymiz. Ular o‘zlarining ibratli fazilatlari, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan yosh avlodimizni el-yurtga sadoqatli va fidoyi, hidoyat yo‘lidan boradigan halhalol va pok insonlar etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shadilar, deb ishonamiz.

    Yaratganning ne’matlari ziyoda bo‘layotgan va shukronalik hislari qalblarimizni nurafshon qilayotgan ushbu ayyomda uzoq va yaqin hududlarda joylashgan barcha musulmon mamlakatlarining xalqlarini, xorijiy do‘st va hamkorlarimizni qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor bo‘lishini tilaymiz.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Qurbon hayitining mamlakatimizda mustaqillik bayrami arafasida keng nishonlanishi xalqimizning ruhi va kayfiyatini yanada ko‘tarmoqda.

    Ayni shu kunlarda el-yurtimizga xos bo‘lgan mehr-muruvvat, shafqat va saxovat tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘lib, barchamizni ehtiyojmand, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironlar, yolg‘iz keksalarning holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod qilish kabi savobli ishlarga da’vat etmoqda.

    Bunday xayrli amallar mamlakatimizda ijtimoiy hayotning turli sohalarida ro‘yobga chiqarilayotgan, insonni aziz va mukarram deb bilishga, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarimizga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

    Biz ularning zamirida islom dinining insonparvarlik mohiyati va qudratini ko‘ramiz, buyuk ma’naviy meros vorislari ekanimizdan haqli ravishda faxrlanamiz.

    Hurmatli vatandoshlar!

    Barchangizni Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman.

    “Diling – Allohda, qo‘ling – mehnatda bo‘lsin”, degan olijanob e’tiqod bilan yashayotgan xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

    Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan xotirjamlik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin!

    Ezgu intilish va ishlarimizda Yaratganning o‘zi hamisha madadkor bo‘lsin!

    10.08.2019, 12:50   Izoh (0)   27186
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Termiz — Dushanbe — Qashg‘ar” yo‘nalishida ilk avtokarvon yo‘lga chiqdi

    10.08.2019, 11:30

    Toshkentda “Gastro Bazaar—2019” I xalqaro gastronomik turizm festivali boshlandi (foto)

    10.08.2019, 10:25

    Bugun O‘zbekistonda ishlovchilar 1 soat vaqtli uyiga ketishi mumkin

    10.08.2019, 09:19

    Yangi elektr hisoblagichlardan norozi o‘zbekistonliklar, keskin ko‘tarilgan dollar kursi, mijozning likopchasidan chiqqan qoradori va kunning boshqa xabarlari

    09.08.2019, 22:35

    “Jamoatchilik” onlayn-platformasiga 3 kun ichida 400 ga yaqin taklif kelib tushdi

    09.08.2019, 22:25

    Namangandagi garnizonda harbiylarning ayollari tikuv korxonasi ochdi

    09.08.2019, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.