10-avgust, shanba kuni 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni. Bu haqda Xushnud Xudoyberdiyev eslatgan.
Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
“Ertaga Qurbon hayitining ilk kuni, ya’ni ishlanmaydigan bayram kuni, bugun esa arafa. Demak, bugun ishga chiqqan barcha xodimlar (6 kunliklar) 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor”, — deya yozuv qoldirgan Xudoyberdiyev.
Izoh (0)