Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan “O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy” yo‘nalishida yangi transport yo‘lagi bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvoni yo‘lga chiqdi.
Ushbu avtokarvon O‘zbekiston va Tojikistondan Xitoyga yuklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish imkoniyatlari va tranzit salohiyatining mavjud, biroq to‘liq foydalanilmayotgan quvvatlarini namoyon etib beradi.
Mazkur avtokarvonda har uchchala davlatdan ikkitadan katta hajmli yuk avtomobillari ishtirok etmoqda.
Bugun “Termez Cargo Centr” logistika terminalidan yuk ortgan jami 6 ta avtomobil Termiz (O‘zbekiston) — Dushanbe, Vahdat, Ko‘lob, Qal’ai Xumb, Xorug‘, Kulma (Tojikiston) — Qashg‘ar (Xitoy) yo‘nalishida harakatlanib, umumiy hisobda 1422 kilometr masofani bosib o‘tadi.
Izoh (0)