“Arsenal” “Seltik” chap qanot himoyachisi Kiran Tirni bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda London klubining Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.
“To‘pchilar” 22 yoshli futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Tirni “Arsenal”da 3-raqam ostida to‘p suradi.
Londonliklar futbolchi uchun 25 million funt to‘ladi.
Ma’lumot uchun, himoyachi 2018/19-yilgi mavsum Shotlandiya chempionatida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatma berishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)