• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 15-avgustdan DVB-T standartida efirga uzatish to‘xtatiladi

    O‘zbekistonda 15-avgustdan davlat teledasturlari raqamli televideniye dasturlarini DVB-T standartida efirga uzatish to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari asosida “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasi amalga oshirilib, bugungi kunda mamlakatning barcha aholisi to‘liq raqamli televideniye dasturlari qamrovi bilan ta’minlangan.

    O‘zbekistonda yer usti raqamli televideniyesining Yevropa standarti — DVB-T qabul qilingan.

    DVB-T (DVB — inglizcha Digital Video Broadcasting — raqamli video uzatish; T/T2 — inglizcha Terrestrial — yer usti) — raqamli videodasturlarni efir (yer usti) orqali uzatish standarti.

    Mamlakatda raqamli televideniyega o‘tishning ilk davrlarida — 2008-yildan boshlab DVB-T standarti qo‘llanilgan edi. O‘sha davrda dunyoda raqamli televideniyening DVB-T standarti mavjud bo‘lib, ko‘p mamlakatlar ushbu standartni joriy etgan. Yillar davomida televideniye rivojlanib, raqamli televideniyening DVB-T standarti takomillashtirilib, DVB-T2 standarti yaratilishi bilan O‘zbekistonda ham ushbu standartdagi teleuzatgichlar o‘rnatila boshladi.

    Investitsiya loyihalari doirasida respublikada DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatgichlar o‘rnatilib, bugungi kunda uzatilayotgan teledasturlar soni 18—19 tagacha yetkazildi.

    DVB-T2 standarti nimasi bilan DVB-T dan ustun?

    Yangi standartning (DVB-T2) eski standartdan (DVB-T) asosiy afzalliklari — signalning xalaqitbardoshliligi va uzatiladigan kanallar sonini 18—19 tagacha yetkazish mumkinligidir.

    2017-yildan bugungi kunga qadar respublikada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi teledasturlari (“O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Sport”, “Navo”, “Dunyo bo‘ylab”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Bolajon”, “Kinoteatr”, “Oilaviy”, “Mahalla”, “O‘zbekiston 24”) 2 ta standartda, ya’ni ham DVB-T, ham DVB-T2 standartlarida parallel ravishda uzatib kelinmoqda. Turgan gapki, telekanallarning bir-birini takrorlashi ortiqcha resurs va sarf-xarajatlarga olib kelayotgandi.

    Raqamli tizimda uzatilayotgan teledasturlarni optimizatsiya qilish, kelgusida uzatiladigan telekanallar sonini yanada oshirish uchun texnik imkoniyatlar yaratish maqsadida, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining respublikaning viloyat markazlarida raqamli televideniyening eski DVB-T standartida uzatib berilayotgan 12 ta teledasturi efirini 2019-yilning 15-avgustidan to‘liq to‘xtatish rejalashtirilgan.

    Joriy yilning 15-avgustidan quyidagi stansiyalardagi DVB-T standartida ishlovchi uzatgichlar o‘chiriladi:

    — Andijon viloyatidagi Andijon radiotelevizion stansiyasida 39 TVK (televizion kanal) chastotada ishlovchi;

    — Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon radiotelevizion stansiyasida 40 TVK chastotada ishlovchi;

    — Toshkent viloyatidagi Angren radiotelevizion stansiyasida 44 TVK chastotada ishlovchi;

    — Toshkent viloyatidagi Bekobod radiotelevizion stansiyasida 27 TVK chastotada ishlovchi;

    — Toshkent viloyatidagi Shougaz radiotelevizion stansiyasida 35 TVK chastotada ishlovchi;

    — Sirdaryo viloyatidagi Guliston radiotelevizion stansiyasida 32 TVK chastotada ishlovchi;

    — Jizzax viloyatidagi Qo‘ytosh radiotelevizion stansiyasida 45 TVK chastotada ishlovchi;

    — Samarqand viloyatidagi Cho‘ponota radiotelevizion stansiyasida 31 TVK chastotada ishlovchi;

    — Navoiy viloyatidagi Langar radiotelevizion stansiyasida 30 TVK chastotada ishlovchi;

    — Xorazm viloyatidagi Urganch radiotelevizion stansiyasida 34 TVK chastotada ishlovchi;

    — Buxoro viloyatidagi Buxoro radiotelevizion stansiyasida 47 TVK chastotada ishlovchi;

    — Qashqadaryo viloyatidagi Odamtosh radiotelevizion stansiyasida 47 TVK chastotada ishlovchi;

    — Surxondaryo viloyatidagi Vaxshivor radiotelevizion stansiyasida 47 TVK chastotada ishlovchi;

    — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Nukus radiotelevizion stansiyasida 48 TVK chastotada ishlovchi uzatgichlar o‘chiriladi hamda bosqichma-bosqich DVB-T2 standartiga o‘tkaziladi.

    2019-yil 15-avgustidan so‘ng MTRK teledasturlarini raqamli televideniyening DVB-T2 standartida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

    Eski (DVB-T) standartdagi tyuner va televizorlar ishlaydimi?

    Avvalo aytish kerakki, DVB-T2 standartida uzatilayotgan teledasturlarni eski — DVB-T standartidagi raqamli signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizor va tyuner qurilmalari qabul qila olmaydi.

    Hozir nodavlat (“Mening Yurtim”, “Milliy TV”, “Uzreport TV”, “Zo‘r TV”, “Futbol TV”, “Sevimli TV”) telekanallari dasturlari O‘zbekiston hududlariga DVB-T2 standartida uzatilmoqda. Agarda televizoringiz ushbu nodavlat telekanallarini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, DVB-T2 standarti ishlayotganini bildiradi. Kelgusida ishga tushiriladigan yangi telekanallar ham DVB-T2 standartida uzatib beriladi.

    “Shu sababli, DVB-T standartida uzatilayotgan raqamli teledasturlarni ko‘rib kelayotgan o‘zbekistonliklar DVB-T2 standartini qo‘llovchi qurilmalarni (tyuner yoki zamonaviy rusumdagi televizor) o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. Shundan so‘nggina yangidan-yangi ishga tushirilayotgan telekanallarni tomosha qilish mumkin. Eski avlod televizorlari yoki DVB-T standartidagi signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizordan foydalanuvchilar DVB-T2 standartidagi raqamli tyuner qurilmasini ulagan holda qo‘shimcha telekanallarni ko‘rishlari mumkin.

    Tavsiya: Yangi televizor xarid qilayotganda, ushbu televizorda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyuner bor-yo‘qligiga e’tibor qarating! Mahsulotning texnik tavsifida bu haqda batafsil axborot berilgan bo‘ladi. Bunday televizor raqamli televideniyega ulanish uchun ortiqcha qurilmalarni talab qilmaydi. Bugungi kunda mamlakat va xorijda ishlab chiqarilayotgan aksariyat televizorlarda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyunerlar mavjud.

    Eski rusumdagi televizorlardan foydalanuvchilar televizorga DVB-T2 standartidagi raqamli telesignallarni qabul qiluvchi tyuner va standart antennani o‘rnatgan holda raqamli teledasturlarni ko‘rishi mumkin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan, 2019-yilning 1-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining yangi “O‘zbekiston tarixi” telekanali dasturlari efirga uzatila boshlanadi. “O‘zbekiston tarixi” telekanali dasturlari yuqori sifatli HD formatida hududlarga DVB-T standarti orqali uzatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Keyinchalik ushbu DVB-T standartida ishlovchi teleuzatgichlar modernizatsiya qilinib, bosqichma-bosqich DVB-T2 standartiga o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.

    08.08.2019, 06:00   Izoh (0)   58888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda “mijoz” abituriyentlar o‘rniga test sinovlariga kirishga uringan talabalar qo‘lga tushdi

    07.08.2019, 23:00

    O‘zbekistonlik arxitektorlar Chechenistonda Yevropadagi eng katta masjidni qurdi (foto)

    07.08.2019, 22:40

    Minskda ilk Belarus—O‘zbekiston yoshlar IT-forumi bo‘lib o‘tmoqda

    07.08.2019, 22:37

    Qo‘shimcha kvota asosida maktabga qabul qilish uchun to‘lov bekor qilindi

    07.08.2019, 22:25

    BMT: 2012-yildan beri O‘zbekistonning 1500 fuqarosi terrorchilik guruhlariga qo‘shilgan

    07.08.2019, 22:12

    Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug: Harbiycha kiyinish qoidalariga amal qilinishini kuzatib borish bizning vazifamiz hisoblanadi

    07.08.2019, 22:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.