“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati avtobuslardagi konditsionerlar ishlamayotgani yuzasidan kelib tushayotgan ko‘p sonli murojaatlarga javob berdi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan avtobuslarda sovutish texnikasidan foydalanish bo‘yicha reglament tasdiqlangan. Unga ko‘ra, mamlakatda issiq iqlimni hisobga olgan holda jamoat transporti ichidagi havo harorati darajasini keskin sovutish tavsiya etilmaydi.
Havo harorati 30—35 daraja issiq bo‘lganida haydovchilarga konditsionerni yoqish va harorat darajasini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Bunda avtobus salonidagi havo harorati -8 darajaga tushib ketmasligi kerak.
Avtobus salonidagi havo harorati darajasi ko‘chadagi haroratdan 5—6 daraja past bo‘lishi kerak. Buning hammasi yo‘lovchilar xavfsizligi hamda ularning avtobuslarda sovqotib qolmasligi uchun qilinmoqda.
Kuzatuvlarga ko‘ra, taxminan ertalab soat 9:00 dan kechki soat 18:00 gacha konditsioner to‘xtovsiz ishlab, avtobus saloniga yengil salqinlik berib turishi kerak.
Konditsioner ishlab turganida avtobus salonidagi lyuk va derazalarni ochish qat’iyan taqiqlanadi”, — deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.
Izoh (0)