Farg‘onalik tadbirkor tuyaqush terisidan oyoq kiyim ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Straus farm korxonasi ish boshqaruvchisi Hasanboy Ahmadjonovga tayanib Sputnik xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu korxona respublikaga ikkinchi bo‘lib tuyaqush olib kelgan.
“Fermamiz Markaziy Osiyoda eng katta hisoblanadi. Fermada 250 bosh tuyaqush bor. Tuyaqushlarni o‘zimiz ko‘paytiramiz va chetdan olib kelamiz”, — dedi farg‘onalik tadbirkor.
Ko‘rgazmada tadbirkor Farg‘ona va Toshkent fabrikalarida tikilgan poyabzallarni namoyish qildi.
“Keyingi yil terini qayta ishlash uskunalarini olib kelib, poyabzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Afzalligi — sof tabiiy charm bo‘lgani uchun oyoqqa juda foydali, shu bilan birga davolovchi xususiyatlarga ham ega. Bunday poyabzalda oyoq terlamaydi”, — deb qo‘shimcha qildi tadbirkor.
Izoh (0)