Davlat aktivlarini boshqarish agentligida axborot xizmati tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov ma’lum qildi.
Jamoatchilikni tizimda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlardan xabardor qilish, aholiga tezkor va xolis axborotlarni yetkazish axborot xizmatining asosiy vazifalari etib belgilandi.
Agentlikning eng so‘nggi yangiliklarini “Davaktiv” Telegram kanalida kuzatib borish imkoniyati mavjud.
“Shu munosabat bilan barcha OAV xodimlari, ijtimoiy tarmoq vakillari, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlarni ijodiy xamkorlik qilishga taklif qilamiz”, — deyiladi axborot xizmati xabarida.
Izoh (0)