• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ma’muriy jarimalarning 70 foizi 15 kun mobaynida to‘lansa, qolgan summani to‘lashdan ozod etishga ruxsat berilishi mumkin

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildi.

    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    Deputatlar ishni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdan boshladi. Mazkur qonun loyihasi bilan Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning vakolatlari kengaytirilmoqda. Xususan, vakilning fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari ustidan kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi belgilab berilyapti.

    Shundan so‘ng parlament a’zolari “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildi. Qayd etilganidek, mazkur loyihani birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish davomida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan barcha moddalarini maromiga yetkazish maqsadida deputatlar ishchi guruh va ekspertlar ishtirokida muhokama qilib, pishiq-puxta holga keltirdi. Havolaki normalar chiqarilib, ular o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan moddalar kiritildi.

    Qonun loyihasida sud tomonidan ma’muriy jarimaga tortish holatlaridan tashqari, jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda u qolgan summani to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi ma’muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish nazarda tutildi.

    Deputatlarning qayd etishicha, taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarning amaliyotda qo‘llanishi fuqarolarni tayinlangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashga rag‘batlantiradi, ular uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi, shuningdek, mablag‘lar o‘z vaqtida davlat budjetiga kelib tushishini ta’minlaydi.

    Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, amaldagi qonun hukumat faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni to‘liq qamrab olmagan, Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘ziga biriktirilgan aniq soha va tarmoqlar uchun javobgarligi hamda ularni baholash mezonlari tartibga solinmagan.

    Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi esa Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlaridagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etadi. Hukumatning tarmoq va sohalardagi vakolatlari aniq belgilab berilgan holda, uning ushbu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha javobgarligi kuchaytiriladi. Turli darajadagi qonun hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yagona qonunda mujassamlashadi.

    Majlisda uy-joy mulkdorlari shirkatlarining huquqiy maqomini belgilash, ko‘p kvartirali uylar masalalaridagi davlat boshqaruvi va nazorati organlarining munosabatlarini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasi ham qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechdi.

    Mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazish jarayonida deputatlar tomonidan qator normalarning amaliyotda ishlashini o‘rganish bo‘yicha barcha hududlarda soha vakillari, shirkat rahbarlari va a’zolari, boshqaruv kompaniyalari xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Mavjud holatlar o‘rganildi, tegishli takliflar olindi. Ana shu takliflar asosida yanada takomillashtirilgan qonun loyihasi bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usullariga aniqlik kiritildi.

    Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi sohada uchrayotgan ko‘plab muammolarni bartaraf etishga, amaliyotda vujudga kelgan yana bir o‘tkir masala — noturar joy mulkdorlarining shirkat a’zosi hisoblanmasligiga barham beriladi, ularning huquq va majburiyatlari kengaytiriladi.

    07.08.2019, 21:25   Izoh (0)   15954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda yuz bergan yirik YTH, qo‘lga olingan Almazbek Atamboyev, otasini urib o‘ldirgan o‘g‘il va kunning boshqa xabarlari

    07.08.2019, 21:12

    Akmal Saidov: “Maktablarni pulli qilish — Konstitutsiyani buzish” 

    07.08.2019, 20:00

    “Toshshahartransxizmat” avtobuslarda konditsioner ishlamasligiga izoh berdi: Biz sizning sog‘lig‘ingizni o‘ylab, shunday qilyapmiz

    07.08.2019, 19:23

    Bosh vazir qabulxonasi tomonidan Qashqadaryoda 1011 ta muammo aniqlandi

    07.08.2019, 18:22

    Sog‘liqni saqlash vazirligi: Tibbiyot kollejlariga qabul tartibi o‘zgaradi

    07.08.2019, 18:11

    Farg‘onalik tadbirkor tuyaqush terisidan poyabzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    07.08.2019, 17:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45

    Superliga. “Qo‘qon-1912” safarda “Sho‘rtan”dan ustun keldi

    Sport | 12 avgust, 22:42

    O‘zbekistonda oylik daromadi ko‘plar inflyatsiyani kuchliroq sezayotgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 22:30

    Koinotda ilk bor Quyosh tizimining egizagi topildi

    Dunyo | 12 avgust, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.