Harbiy sun’iy yo‘ldosh o‘rnatilgan “Proton-M” raketa tashuvchisi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ta’kidlanishicha, raketa tashuvchi 6-avgust kuni Moskva vaqti bilan soat 00:56 da uchirilgan.
2018-yilning martida Yer ustidagi kosmik infratuzilma vositalarini ekspluatatsiya qilish markazi 2023-yilga borib Boyqo‘ng‘irdagi “Proton-M” raketa tashuvchilarini uchirishga mo‘ljallangan maydon yopilishini ma’lum qilgandi.
Mazkur kosmodromdagi “Proton-M”larni to‘liq ekspluatatsiya qilish 2025-yilga rejalashtirilgan. Bunga Qozog‘iston hukumati raketa dvigatellari yoqilg‘isiga zaharli geptil qo‘shilayotganidan norozi ekanligi sabab qilib ko‘rsatgan.
Izoh (0)