AQShda akula uni tutib olgan baliqchining oyog‘idan tishladi.
Kichik kema kapitani Rik Keyton bir guruh erkaklar bilan ochiq dengizda baliq ovlagan. Ulardan biri 1,5 metrli akulani tutishga muvaffaq bo‘ladi.
Keyton dengiz yirtqichini bortga chiqarishda yordam berishga qaror qilgan. Erkaklar akulani kemaga deyarli chiqarib bo‘lganida u kapitanning oyog‘iga yopishgan.
Biroz vaqt o‘tib baliqchilar uning oyog‘ini chiqarib olishni uddaladi va darrov yaraga malham qo‘ydi. Sohilga yetib kelganidan so‘ng Keyton shifokorlarga murojaat qildi.
Izoh (0)