AQSh sanksiyalariga qaramay, Eronning kamida 12 tankeri Osiyo va O‘rta Yer dengiziga neft tashishda davom etmoqda.
The New York Times nashri Eronga tegishli 70 dan ortiq tankerning harakatlanishini kuzatgan. Tehronga qarshi sanksiyalar kuchga kirgan 2-may sanasidan boshlab ulardan atigi 12 tasi neft yetkazib berishni davom ettirgan.
Ulardan yarmi Xitoyga mahsulot yetkazish bilan shug‘ullangan, qolganlari esa Suvaysh kanali orqali O‘rta Yer dengiziga yo‘l olgan va Suriya yoki Turkiyaga neft tashigan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)