Tojikistonda An-2 samolyoti qattiq qo‘nishni amalga oshirdi va bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.
Hodisa 4-avgust, yakshanba kuni Faxrobod dovonidagi aeroklubda sodir bo‘lgan. Buning oqibatida ikki uchuvchi — 62 yashar Ilhom Rahmatov va 20 yoshli Baxtiyor Davlatov kasalxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar keksa uchuvchi hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmadi.
Fojia 8 kishi parashyutda sakrab bo‘lgach, An-2 qo‘nishni amalga oshirayotgan payt ro‘y bergan. Hozirda buning sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)