Krasnoyarsk o‘lkasining Achinsk tumanidagi harbiy qismda sodir bo‘lgan portlashlar to‘xtay boshladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Portlash ovozlari to‘xtay boshladi. Hozir — tinchlik”, — deyiladi shahar meriyasining xabarida.
5-avgust kuni Kamenka posyolkasidan besh kilometr narida joylashgan Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli artilleriya omborxonasida yong‘in va portlash yuzaga kelgan edi.
Yaqin atrofdagi qishloqlarning to‘rt mingga yaqin aholisi evakuatsiya qilingan.
12 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Jarohat olganlarning besh nafari mahalliy shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsa, ikki nafari Krasnoyarskka yuborilgan. Besh nafari ambulatoriya sharoitida davolanmoqda.
Izoh (0)