Bloger Xushnud Xudoyberdiyev Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan joriy yil 3-avgust kuni imzolangan shoshilinch xabarnomaga e’tibor qaratgan.
Ushbu xabarnomada viloyat tashkilotlari rahbarlariga 4-avgust, yakshanba kuni (!) soat 7:30 da “Xonobod” sanatoriysiga kamida 10 nafar ishchi bilan ishtirok etishi topshirilgan. Tashkilotlar ro‘yxatidan moliya, soliq, bandlik boshqarmalari, banklar, qo‘shma korxonalar, jami 70 ga yaqin korxona-tashkilot o‘rin olgan. Ularga 820 nafar ishchi kuchini jalb etish topshirig‘i berilgan.
Mazkur xabarnomaga bloger shunday izoh qoldirgan:
“2-avgustda Prezident yonib-kuyib, qayg‘urib, jon kuydirib selektor qildi, bu kishim esa 3-avgust kuni hammani majburiy mehnatga jalb qilish haqida ShOShILINCh TOPShIRIQ beribdi. Maqsad — Prezidentga ishlar jadal ketayotganligi haqida ko‘rsatiladigan videoni chiroyli chiqarish uchun ekan.
Tovba, bularga haqiqatdan mutlaqo farqi yo‘q ekan, na Konstitutsiya, na qonun, na Prezident gaplari ta’sir qiladi.
Qoyil, shunchaki qoyil! Yurak ham naq kitning yuragi ekan! Gap yo‘q, Shuhrat aka!”
Izoh (0)