“Qo‘shni mahalla” Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari, rahbarlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Ushbu so‘rovnoma natijalarini Madina Nurman o‘z Telegram-kanalida e’lon qildi.
Natijalarga qaralsa, faoliyati “Zo‘r”, deb topilgan rahbarlarning kuchli uchligi quyidagicha:
1. Erkinjon Turdimov (Samarqand viloyati hokimi) - 48%2. Xayrulla Bozorov (Namangan viloyati hokimi) - 34%3. Shuhratbek Abdurahmonov (Andijon viloyati hokimi) - 31%
Faoliyati “Yomon”, deb topilgan kuchli uchlik:
1. Shuhrat G‘aniyev (Farg‘ona viloyati hokimi) - 63%2. Farhod Ermanov (Xorazm viloyati hokimi) - 60%3. Zafar Ro‘ziyev (Qashqadaryo viloyati hokimi) - 58%
Faoliyati eng ko‘p “O‘rtacha”, olgan rahbarlar:
1. Ergash Salayev (Jizzax viloyati hokimi) - 43%2. Qobul Tursunov (Navoiy viloyati hokimi) - 41%3. G‘ofurjon Mirzayev (Sirdaryo viloyati hokimi) - 41%4. Rustam Xolmatov (Toshkent viloyati hokimi) - 41%
“Aytib o‘tish kerakki, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu so‘rovnomada eng ko‘p - 10 900 dan ortiq ovoz berilgan 3 yo‘nalishda. Ovoz olish bo‘yicha rekord bu gal shu hokimga ketdi.
Samarqand va Namangan viloyati hokimlari haqida ko‘p ijobiy fikrlar bor real hayotda ham. Virtual dunyo vakillari ham buni e’tirof qilishibdi. Fikrimizcha, bu eng haqqoniy 2 natija bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)