O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Otabek Murodovning ishi Davlat xavfsizlik xizmati sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Oldinroq Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilgani, u poraxo‘rlikda ayblanayotgani bildirilgandi.
Ma’lumot uchun, Ixtiyor Abdullayevning ishi o‘ta maxfiy ko‘rinishda bo‘lgani uchun harbiy sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Sudlanuvchilar safidan jami 24 kishi o‘rin olgan.
Izoh (0)