2019-yil 15-iyul kuni Portugaliyaning Faro provinsiyasida O‘zbekiston fuqarosi S.A. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi ma’lum qildi.
Bunga yurak xuruji sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
Hozirda elchixonaning konsullik bo‘limi Portugaliyadagi o‘zbek diasporasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.
Izoh (0)