Turkiyaning Istanbul shahridagi “Göztepe Eğitim ve Araştırma Hastenesi” tibbiyot muassasasiga davolanishga yotgan O‘zbekiston fuqarosi G.N. vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ayolning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sababli kasalxonaga kelgani bildirilmoqda.
“Istanbuldagi bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan. O‘zbekistonlik ayolning jasadini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida marhumaning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)