16-iyul kuni Olmaota—Toshkent—Termiz trassasining 63-kilometrida, Turkiston viloyati hududida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
YTHda mikroavtobusning 5 nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Ulardan uch nafarining shaxsi aniqlanmoqda.
Mazkur transport vositasi haydovchisi va 6 nafar yo‘lovchi, jumladan, 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng sog‘liklari holati barqarorligi sababli ularga tibbiyot muassasasidan ruxsat berildi.
“Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)