• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sharoiti biznikidan og‘irroq maktab viloyatda yo‘q.” Farg‘onadagi qarovsiz maktab mukammal ta’mirlash uchun davlat dasturiga qachon kiritiladi?

    Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani O‘qchi qishlog‘idagi 27-umumta’lim maktabi 1987-yili qurilib, foydalanishga topshirilgan. 32 yilda bir marta 30 million so‘m evaziga joriy ta’mirlangan. Quvvati 620 o‘rinli, hozirda negadir 720 o‘quvchiga mo‘ljallangan deb yuritilayotgan maskanda ayni paytda 987 bola ta’lim oladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktabda ayni paytda 396 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bor. Biroq boshlang‘ich sinflar binosi 120 o‘ringa mo‘ljallangan. Sinf xonalari yetishmayotgani uchun to‘rtinchi sinflar yuqori sinflar binosida o‘qmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktab direktorini nima qiynayapti?

    — Tuman, viloyat xalq ta’limi tizimida ishlaganman. Sharoiti og‘ir bo‘lgani uchun shu maktabga jo‘natishdi. Bilsam, ahvol men o‘ylagandan ham og‘irroq ekan. Orada ketib qoldim, yana qaytarishdi. Axir hammamiz qochib ketaversak, ahvolni kimdir o‘nglashi ham kerak-ku!

    Ayrim fanlar bo‘yicha yetishmayotgan o‘qituvchilar o‘rniga yaxshi mutaxassislarni taklif qildim. Oz vaqt ishlab, sharoitdan nolib, ketib qolishdi. Hozir ham ingliz va rus tili o‘qituvchilari yetishmaydi. Hech kim bu maktabga kelishni xohlamayapti. O‘quvchi va o‘qituvchilarga sharoit yaratish maqsadida tegishli idoralarga bir necha bor murojaat etdim. Uni navbatdagi o‘quv yili uchun mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritish haqida tuman xalq ta’limi bo‘limiga rasmiy xat bilan chiqdim. Ammo shunday ahvoldagi maktab bu yil ham dasturga kirmay qolibdi.

    Ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, umuman yaroqsiz bo‘lib ketgan eshiklarni almashtirdik, ayrimlarini yamadik, tutqichlar o‘rnatdik, ular ham hozir uzilib tushdi. Maktab orqasidagi tashlandiq yerda sport maydoni qildik. Romlarning oynalarini artishning iloji yo‘q, chunki tozalayotganda haddan tashqari katta romlar pastga qulab, oynalari chilparchin bo‘ldi, yaxshiyamki, hech kimga ziyon yetmadi. Havoning issiq kunlarida ayrim sinflarda o‘qituvchilar derazalarni ochishga qo‘rqadi, chunki chirib, uzilib tushishga kelib qolgan. Pollarning ahvolini aytmasa ham bo‘ladi. Nazarimda, sharoiti biznikidan og‘irroq maktab viloyatda ham bo‘lmasa kerak. Nima uchun dasturdan tushib qolgani meni qiynayapti, — deydi maktab direktori Zoirjon Tojiboyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktab rahbarlari hamrohligida sinf xonalarini ko‘zdan kechirdik. Rus tili, biologiya xonalaridagi linoleumlar yirtilib ketgan. Qolgan sinflarlarda ham ahvol bundan yaxshi emas.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Informatika xonasida yosh o‘qituvchi Qobiljon Solijonovni bir yigit bilan yirtilib ketgan proyektorni skotchlayotgan paytda uchratdik. Stol ustida bittagina kompyuter turibdi. U ham direktorning harakati bilan shu yilning yanvarida keltirilibdi. Ungacha o‘quvchilar kompyuterni faqat tasavvur qilarkan.

    — To‘g‘risi, shu yil yanvarigacha maktabimizda kompyuter bo‘lmagan. Besh oydan buyon amaliy mashg‘ulotlarni bitta texnologiya yordamida faqat qiziqqan bolalar bilan tasvirni mana bu ekranga tushirib olib, ko‘rsatib tushuntiraman. Biz ham boshqalar kabi kompyuter sinflarimiz bo‘lishini istaymiz, — dedi Qobiljon Solijonov.

    Maktablarda elektron doskalardan foydalanilayotgan bir paytda bu yerda chet tili xonasidagi doska ikki joyidan yorilib yotibdi, shkaflar ham almisoqdan qolgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Laboratoriyada amaliy mashg‘ulot uchun biror bir jihoz yo‘q. Ular yaroqsiz holga kelib qolganligi uchun dalolatnoma bilan hisobdan chiqarib yuborilgan ekan. Laborant Feruzaxon Qo‘chqorovaning aytishicha, amaliy mashg‘ulotlarga tajriba vositalarini qo‘shni 20-umumta’lim maktabidan oyda bir marta olib kelib turisharkan. Bu ahvolda bolalar kimyodan qanday ko‘nikma oladi? Biologiya fani xonasi deyarli jihozlanmagan, ko‘rgazmali vositalar yo‘q, laboratoriya esa bo‘m-bo‘sh.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biologiya fani o‘qituvchisi Hilolaxon Ahmadjonova ta’tildan oldin beriladigan oylik maoshidan pul to‘plab, xonani bir amallab yangi o‘quv yili uchun ta’mirlab olishini aytdi.

    Tadbirlar o‘tkaziladigan zalning qattiqroq tegsangiz sinib tushadigan eshigi ustma-ust bo‘yoq qilinganiga qaramay, chirib ketgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sport zalidagi ahvol ham juda achinarli. Bino atrofidagi uch gektardan ziyod yer qaqrab yotibdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Mana shu maydon tashlandiq bo‘lib yotgandi. Tekislab, sport maydoniga o‘xshatib olgunimizcha erkak o‘qituvchilarimiz qattiq mehnat qildi, — deydi direktor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ta’lim sifati pastligining sababi nimada?

    Maktabda keyingi o‘n yilda direktor yetti marta, katta sinflarda direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari to‘rt marta, boshlang‘ich sinflarda uch marta, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar to‘rt marta almashtirildi. Rahbarlarning qo‘nimsizligi pedagogik jamoani kun o‘tsinga ishlashga o‘rgatib qo‘ygan. Maktabda ikki nafar birinchi, 17 nafar ikkinchi toifa, 35 nafar mutaxassis, 4 nafar tugallanmagan oliy, 3 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar mehnat qiladi.

    Maktab olimpiada va bilimlar bellashuvlari natijasiga ko‘ra reytingda 39-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi o‘n yilda maktab o‘quvchilarining atigi o‘n nafari oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Rahbarlar nima deydi?

    — Ta’lim muassasida bo‘lib, vaziyatni o‘rgandim. Haqiqatan ham ahvol ayanchli. Agar dasturga kiritish navbatga tashlangan bo‘lsa, tuman hokimi bilan maslahatlashib, imkon qadar zarur yordamni berishga harakat qilamiz, — deydi 2-sektor rahbari, tuman prokurori Madaminbek Shomurodov.

    — Haqiqatan ham bu dargoh kapital ta’mirga juda muhtoj. Shuning uchun 2019–2028-yillarda investitsiya dasturiga kiritilishi taklif etilayotgan maktablar qatorida bu muassasani 2020-yilda kapital ta’mirlashga tavsiya qilganmiz. Nima uchun dasturdan tushib qolganini bilmayman, — deydi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Orifjon Dehqonov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ta’lim tizimiga, maktabga davlat miqyosida jiddiy e’tibor qaratilayotgan bir paytda, shu darajada ayanchli holga kelib qolgan muassasa bo‘lsa? Ahvol bu yerda ta’lim-tarbiya olayotgan bolalar, ularga saboq berayotgan o‘qituvchilar kayfiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Nega maktab mukammal ta’mirga muhtoj bo‘la turib, mutasaddilar biror chora ko‘rmayapti? Maktabni mukammal ta’mirlash bo‘yicha davlat dasturiga kiritish uchun nima qilish kerak?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Savollarimizga maktabni 32 yildan beri mukammal ta’mirlash uchun dasturga kiritmayotgan Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilaridan javob kutamiz.

    10.07.2019, 08:04   Izoh (0)   24171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiya Gulnora Karimovaga tegishli ko‘chmas mulklarni sotishdan tushgan pullarni O‘zbekistonga qaytaradigan bo‘ldi

    10.07.2019, 07:58

    Usmonxon Alimov Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi imtihonlarida qatnashdi (foto)

    10.07.2019, 07:45

    Abdulla Aripov bugun Moskvada Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi

    10.07.2019, 07:30

    “Angren Pask” ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 25 foizi Rossiya kompaniyasiga “nol” qiymatda sotiladi

    09.07.2019, 23:40

    O‘zbekistonda ijod maktablariga qabul davom etmoqda

    09.07.2019, 23:30

    Mehnat vazirligi: Farg‘onadagi sayyor qabulni o‘tkazishda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi

    09.07.2019, 22:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bollivud qiroli Shohrux Xon Met Gala baliga 18 qirotli oltindan yasalgan hassa bilan tashrif buyurdi

    Layfstayl | 10 may, 13:40

    “Real”ning eng “qariya” futbolchisi — Arda Gyuler. Turkiyalik yarim himoyachining laqabini bilasizmi?

    Sport | 10 may, 13:20

    Shirinlik va zararli mahsulotlarga o‘chlikdan qutulish uchun ularning o‘rniga nima yeyish kerak?

    Layfstayl | 10 may, 12:40

    G7 davlatlari Hindiston va Pokistonni bir-biri bilan muloqot boshlashga chaqirmoqda

    Dunyo | 10 may, 12:10

    “Xususiy universitetlarga davlat tashkilotlari litsenziya berishi noto‘g‘ri” — Nuriymon Abulhasan

    O‘zbekiston | 10 may, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.