O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabida bo‘lib o‘tayotgan 2019—2020-o‘quv yili uchun qabul imtihonlari jarayonlarida qatnashdi. Bu haqda idora matbuot xizmati ma’lum qildi.
Muftiy “Hadis va Mustalahul hadis” hamda “Arab tili” fanlaridan ijodiy imtihonlarni kuzatdi.
Ushbu fanlardan eng yuqori ball to‘plagan yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi. Yoshlarning bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.
Izoh (0)