“O‘zneftmahsulot” AJ ning fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi 1 381 ta avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchasi tadbirkorlarga auksion orqali sotiladi. Bu neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi tashkilotlarning 13 ta bozor, savdo va chorvachilik kompleksi ustav kapitalidagi ulushlari mahalliy hokimliklarga o‘tkazildi.
Qarorga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ 2024-yilga kelib uglevodorod xomashyosi, shu jumladan, tabiiy gaz qazib olish hajmini 42,3 milliard metr kubga va suyultirilgan gazni 1,5 million tonnaga yetkazishi lozim.
Izoh (0)