O‘zbekiston Rossiyadan “Sopka-2” radiolakatorlarini xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“O‘zbek tomoni 12A6 ‘Sopka-2‘ radiolokatsion kompleksi, ‘Pechora-2M‘ zenit-raketa kompleksiga texnik xizmat qilish ustaxonasi va qator radiolokatsion stansiyalar hamda turli maqsadlarga mo‘ljallangan aloqa tizimlarini xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda mavjud RLS P-37 ni 12A6 ‘Sopka-2‘ darajasida yetkazish uchun modernizatsiya qilish loyihasi muhokama qilinmoqda”, — dedi xizmat vakillari.
Ma’lumot uchun, “Sopka-2” havo harakatini boshqarish va havo hududini nazorat qilish tizimlari uchun radiolokatsion axborot manbasi sifatida xizmat qiladi.
Izoh (0)