• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident avtomobillar ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakat avtomobilsozligi o‘tgan yigirma uch yil mobaynida izchil rivojlanib, ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rnini topdi. Joriy yil 1-oktabrdan imtiyozlar bekor qilinishi bilan ushbu tarmoq ham erkin bozor sharoitiga o‘tadi. Bu korxonalarda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etishni, mahsulotlarni bozorbop va raqobatbardosh qilishni talab etadi.

    Joriy yilning olti oyida ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154 foizga oshib, 1 trillion so‘m sof foyda olingan. Qariyb 73 million dollarlik avtomobillar eksport qilingan. Ichki bozorda mahalliy avtomashinalar ulushi 97 foizga yetgan.

    Bular yaxshi, albatta. Biroq gap lokalizatsiya darajasi haqida borganda raqamlar maqtanarli emas. Bu ko‘rsatkich yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 45 foiz, yuk avtomobillari va avtobuslarda 24 foiz, xolos.

    Yig‘ilishda lokalizatsiya darajasini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish orqali eksportni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

    “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga umumiy ishlab chiqarish hajmini 2023-yilga qadar hozirgi 250 mingdan 350 ming donaga, eksport hajmini kamida 100 ming donaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Buning uchun, avvalo, tarmoqda ilg‘or boshqaruv tizimini joriy qilish, xorijiy konsalting kompaniyalari mutaxassislarini jalb etib, ishlab chiqarish va mahsulot tannarxini optimallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

    Eksportda bir dona yengil avtomobilning logistika xarajati narxning 8-10 foizini tashkil qilishi qayd etilar ekan, bu xarajatlarni davlat tomonidan qisman qoplab berish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Xorijiy distribyutorlar bilan birgalikda eksport narxini qayta shakllantirish va tashqi bozorlarga kafolatli chiqish yuzasidan tavsiyalar berildi.

    Bugungi kunda 5 turdagi yengil avtomobil 5 ta alohida platformada ishlab chiqarilayotgani ham xarajat, resurs va vaqt sarfini ko‘paytirib, mahsulot narxiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu bois yig‘ilishda yagona platformada bir necha markadagi avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Xorijiy kompaniyalar bilan sheriklikda tijorat avtomobillari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, “MAN Auto” va “SamAuto” korxonalariga xitoylik va yaponiyalik hamkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarini jalb qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga tarmoqda lokalizatsiya darajasini oshirish, xususan, import qilinayotgan 22 turdagi bazaviy qismlarni respublikada ishlab chiqarishni tashkil qilish topshirildi.

    Importni notarif mexanizmlar orqali tartibga solish, transportlarning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha xorijiy standartlarni joriy etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Davlat rahbari avtomobillar narxini barqaror saqlab, sifatini oshirish, yangi hamyonbop modellar ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni kengaytirish orqali mahsulotlarning bozordagi o‘rnini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

    08.07.2019, 18:40   Izoh (0)   27570
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    9-iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

    08.07.2019, 18:14

    Yanchib tashlansa ham, yana tiriladi: Qashqadaryoning ba’zi hududlari aholisi ham falangalardan shikoyat qilmoqda (foto)

    08.07.2019, 18:01

    Qilmishidan pushaymon bo‘lgan 24 nafar andijonlik muddatidan oldin ozod etildi. 5 nafar bo‘yin tovlaganlar esa ozodlikdan mahrum etildi

    08.07.2019, 17:35

    Samarqandda katta miqdorda soliq qarzdorligi naqd shaklida to‘landi

    08.07.2019, 17:17

    Turizm qo‘mitasi hududlar logotipi uchun tanlov e’lon qildi. G‘olib 25 mln so‘mga ega bo‘ladi

    08.07.2019, 17:06

    O‘zbekiston Rossiyaga BTR-82A zirhli mashinalarini buyurtma qildi

    08.07.2019, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.