• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Lukoyl” Buxoro, Qarshi va Toshkent viloyatida 3 ta bolalar bog‘chasini quradi

    5-iyul kuni Nukusda O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi va “Lukoyl Uzbekistan Operating Company” o‘rtasida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati. Hujjatda Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilot (keyingi o‘rinlarda — MTT)lari qurish ko‘zda tutilgan.

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

    Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

    Bitimni imzolash marosimi imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega birinchi ixtisoslashgan MTTda bo‘lib o‘tdi. Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari Buxoroda (250 o‘rin), Qarshida (150 o‘rin) va Toshkent viloyatida (150 o‘rin) quriladi.

    “Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish — maktabgacha ta’lim tizimidagi eng dolzarb bo‘lib turgan masalalardan biri. MTV vaziyatni yaxshilash ustida faol ish olib bormoqda: yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilmoqda, faoliyat ko‘rsatib turganlari ta’mirlanmoqda va ularning quvvatlari oshirilmoqda, maktabgacha ta’lim tizimiga o‘tgan yillarda olib qo‘yilgan binolar qaytarib berilmoqda. Biz biznesning bugungi kunda bolalarga yordam berishni xohlayotganidan juda xursandmiz. Lukoyl kompaniyasi sharofati bilan viloyatlardagi yana 550 nafar bola sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Buxorodagi MTT umumiy turdagi tashkilot, boshqa ikki MTT esa — reabilitatsiya markazlariga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan tashkilotlar bo‘ladi. Bu reabilitatsiya markazlari, tarbiyalanuvchilardan tashqari, har yili sog‘lomlashtirish muolajalariga muhtoj bo‘lgan 5−7 ming bolani qabul qiladi”, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

    Qarshi va Toshkent viloyatidagi loyihalar uchun Nukusdagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega IMTT prototip bo‘lib xizmat qiladi. Loyihada jismoniy va aqliy rivojlanishi o‘ziga xos bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari birlashtirilgan. Yangi MTTda zamonaviy davolash-fizkultura va fizioterapiya zallari, uqalash xonalari, sensor xonalari, mayda motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy adaptatsiya, musiqa va art-terapiya xonalari, shuningdek vrachlarning kabinetlari joylashadi.

    “O‘zbekistonda ‘Imkon’ reabilitatsiya markaziga ega birinchi ixtisoslashgan MTTning ochilish marosimida biz bunday maktabgacha ta’lim tashkilotlari respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etilishini va’da qilgan edik. Bugun biz ‘Lukoyl’ bilan bitim imzoladik. U Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining alohida parvarishga muhtoj bolalariga erta yordam ko‘rsatish va ularni ijtimoiy-madaniy muhitga kiritish imkonini beradi. Uyda o‘tirib qolmasdan, doim muloqotda bo‘lish, dunyoni bilish, rivojlanish va moslashish imkoniyati — bu to‘laqonli hayot sari qo‘yilgan birinchi qadam demak. Bunda bola salomatligida cheklanish bo‘lsada, uning imkoniyatlari cheklanganmagan bo‘lishi darkor. Nukus shahrida ‘Imkon’ ochilgan vaqtdan bor-yo‘g‘i uch oy o‘tdi, lekin biz hozirning o‘zidayoq natijalarni ko‘rishimiz mumkin. Bolalar ancha baquvvatlashib, jonlanib qoldi, ko‘p bolalarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda”, — dedi loyiha rahbari Shahnoza Mirziyoyeva.

    O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish tashabbusi “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov tomonidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov bilan joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda taklif etilgan.

    “Lukoyl” O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan faol xayriya faoliyatini olib boradi. Bizning kompaniyamiz tomonidan O‘zbekistondagi xayriya maqsadlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning umumiy summasi bugungi kunda 13 mln. dollardan ortiqni tashkil etadi. Yangi uchta maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi loyihasiga biz 12 mln. AQSh dollari yo‘naltirishni rejalashtirmoqdamiz. Buxoro shahridagi MTT Lukoyl tomonidan maxsus ishlab chiqilgan loyiha bo‘yicha quriladi. “Birinchi bunday MTT kompaniya tomonidan Rossiyada, Astraxan shahrida qurilgan”, — dedi “Lukoyl Uzbekistan Operating Company” MChJ Bosh direktori Stepan Gurjiy.

    Buxoro shahridagi MTTning umumiy maydoni 11 ming kv. metrdan ortiq bo‘lgan uch qavatli binosi va hududi eng zamonaviy texnika va uskunalar, basseyn, raqs va sport zallari, komyuter sinfi, shuningdek guruhlar uchun xonalar bilan butlanadi. Bolalarning faol o‘yinlari va sport bilan shug‘ullanishi uchun hududda velosiped yo‘lakchalari va chim qoplangan va xavfsiz sintetik qoplamali bolalar maydonchalari ko‘zda tutilgan.

    08.07.2019, 18:53   Izoh (0)   11723
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident avtomobillar ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

    08.07.2019, 18:40

    9-iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

    08.07.2019, 18:14

    Yanchib tashlansa ham, yana tiriladi: Qashqadaryoning ba’zi hududlari aholisi ham falangalardan shikoyat qilmoqda (foto)

    08.07.2019, 18:01

    Qilmishidan pushaymon bo‘lgan 24 nafar andijonlik muddatidan oldin ozod etildi. 5 nafar bo‘yin tovlaganlar esa ozodlikdan mahrum etildi

    08.07.2019, 17:35

    Samarqandda katta miqdorda soliq qarzdorligi naqd shaklida to‘landi

    08.07.2019, 17:17

    Turizm qo‘mitasi hududlar logotipi uchun tanlov e’lon qildi. G‘olib 25 mln so‘mga ega bo‘ladi

    08.07.2019, 17:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.