Toshkent shahridagi Salom ko‘chasida noqonuniy qurilmalar buzib tashlanmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ko‘plab ko‘chalarda piyodalar yo‘laklarining yo‘qligi piyodalarni yo‘lning asosiy, avtomobil qatnov qismidan yurishga majbur etadi va xavf ostiga qo‘yadi. Asta -sekin vaziyat yaxshilanmoqda. Oltintepa va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalarini bog‘laydigan Salom ko‘chasida noqonuniy qurilmalar buzib tashlanmoqda. Ular o‘rnida piyodalar yurish yo‘laklari paydo bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Podshobog‘” mahallasi Salom ko‘chasi “Namunali ko‘cha” loyihasi dasturiga kiritilgani, shu munosabat bilan ko‘chada iyul oyi oxiriga qadar ta’mirlash ishlari sabab transport harakati uchun yopilishi e’lon qilingan edi.
Izoh (0)