Misrning barcha hududida 1-avgustdan muzey va arxeologik yodgorliklar yaqinida bepul fotoga tushirish hamda mobil telefonlarga suratga olishga ruxsat beriladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bunday qaror mamlakat obidalari bo‘yicha oliy kengash rahbariyati tomonidan qabul qilindi. Kengash ushbu qadam Misrga ko‘proq turistlar jalb etishiga ko‘maklashishidan umidvor bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, muzeylar ichida, qadimiy daxmalar va ibodatxonalarda fotochaqinlardan foydalanish avvalgidek taqiqlagan.
Izoh (0)