Bugun, 27-iyun kuni 16:14 ta 101 xizmatiga Chilonzor tumanida Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan “Bekto‘pi qurilish” MChJ omborxonasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga yetib borgan.
16:28 da yong‘inning tarqalishi cheklangan, 16:52 da — to‘liq o‘chirilgan.
Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in natijasida 200 kv. m maydondagi ombor va u yerda saqlangan mahsulotlar (oboylar, laminat) yonib ketgan.
Yong‘in sabablari va yetgan zarar hajmi aniqlanmoqda.
Izoh (0)