G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidan o‘tuvchi “Uralsk—Aqto‘be” trassasida 18-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 16.30 da YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur hodisa oqibatida avtomobilni boshqarib ketayotgan 1988-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M.R. halok bo‘ldi.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulligi Qozog‘iston IIV va uning ushbu viloyatdagi bo‘linmalari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Marhumning yaqinlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)