Samarqand shahri hududidagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalarini oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar boshqarmasining 2019-yil 11-iyun kunidagi farmoyishiga ko‘ra viloyat ichki ishlar organlarining tegishli xizmat xodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat guruhlar tuzilgan. Ushbu guruhlar tomonidan tadbir boshidan haydovchi va piyodalar ishtirokida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l belgilariga rioya etish, haydovchilik madaniyatiga rioya etilishi borasida 47 marta yig‘ilish uchrashuvlari o‘tkazilib, bukletlar tarqatilgan va tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Shuningdek, 11—17-iyun kunlari ushbu guruhlar tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jami 1957 ta qoidabuzarliklar aniqlanib tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)