Sirdaryoning Sardoba tumani “Navro‘z” mahallasida joylashgan “Barkamol avlod” bolalar markazi qoshida tashkil etilgan “Mehrjon” nomli bolalar kunduzgi dam olish oromgohida bolajonlarga yong‘in xavsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati yong‘in xavsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, yoz kelishi bilan g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlangani sababli, mavsumni betalofat va yong‘inlarsiz o‘tkazish maqsadida joylarda kombayn operatorlari va haydovchilarga yong‘inlarni oldini olish va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)