Xalq deputatlari Namangan tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
2017-yil fevralidan tuman hokimi bo‘lib ishlab kelgan Shuhrat Davranov o‘rniga Sadriddin Mo‘minov tuman hokimi etib tayinlandi.
Sadriddin Mo‘minov 1970-yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini moliya-kredit yo‘nalishida tamomlagan.
U shu paytgacha Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)