“Toshshahartransxizmat” poytaxt bekatlariga yangi elektron tablolarni o‘rnatishni boshladi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Avtobuslarning harakatlanish jadvalini ko‘rsatib turuvchi mazkur tablo har qanday ob-havo sharoitida ishlaydi. Undagi ma’lumotlarning aniqligi yo‘lovchilar og‘irini yengillashtirishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari TashBus mobil dasturining mutlaq yangilangan versiyasi ham ishga turishirilmoqda. Endilikda dastur Android va iOS operatsion tizimlarida ham ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi tablolarni o‘rnatish 2016-yilning oxirlarida boshlangan edi. Ularda avtobusning yetib kelish vaqti, bekatdan o‘tib ketadigan avtobuslar ro‘yxati, valyutalar kursi, ob-havo ma’lumotlari berib boriladi.
Toshkent shahrida 2,5 mingdan ortiq bekat mavjud bo‘lib, hozirda elektron tablolar ularning 100 tasiga o‘rnatilgan.
Izoh (0)