AQSh hukumati USAID (AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi)ning “Suv, ta’lim va hamkorlik” loyihasi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bilan hamkorlikda ikki haftalik yozgi o‘quv kursini ishga tushirdi. Bu haqda “Daryo”ga AQSh elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qozoq-nemis universiteti (QNU)ning Suv resurslarini integratsiyali boshqarish asoslari magistrlik dasturidan bo‘lgan sakkiz talaba va TIQXMMIning yetti nafar talabasi suv infrastrukturasi, xavfsizligi, havzali boshqarish, irrigatsiya va drenaj tizimlarini boshqarish, shuningdek, suv resurslarini boshqarishning ekologik jihatlari haqida bilimga ega bo‘ladi.
Dastur talabalarning Markaziy Osiyodagi murakkab suv muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan siyosiy, texnik va ommaviy masalalarni yaxshiroq tushunishiga yordam berishga mo‘ljallangan.
Izoh (0)