Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida huquqbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Tadbir davomida “Vodil—Farg‘ona—Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.X boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina Marg‘ilon shahrida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada avtomashina yukxonasida muqaddam qo‘shni mamlakatdan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 9 turdagi 283 million so‘mlik 262 dona uyali aloqa vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Izoh (0)