• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi 81 ta talab yuqori bo‘lgan maktablarda korrupsiyani oldini oluvchi yangi qabul tizimi joriy etiladi

    Xalq ta’limi vazirligi o‘rganishlar va ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra ota-onalar tomonidan talab yuqori bo‘lgan maktablarga 1-sinfga qabul jarayonida korrupsiya bilan bog‘liq salbiy holatlar mavjud ekanligi aniqlanganini ma’lum qildi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ular quyidagilar:

    • Birinchidan, maktabga biriktirilgan mikrohududdan tashqaridagi bolalarni qabul qilish uchun tanish-bilish qidirish yoki maktab rahbariyatiga noqonuniy to‘lovni amalga oshirish;
    • Ikkinchidan, 7 yoshga to‘lmagan bolalarni maktablarga joylashtirish uchun tanish-bilish qidirish yoki noqonuniy to‘lovlarni amalga oshirish;
    • Uchinchidan, maktabda ta’lim tilida o‘qib ketishga ko‘nikmasi yetarli darajada bo‘lmagan bolalarni berishdagi shu kabi salbiy holatlar.
    Bu kabi holatlar oqibatida maktablarda tanish-bilishlarning “qo‘ng‘iroq orqali iltimoslari” yoki noqonuniy to‘lovlar natijasida maktab sig‘imiga nisbatan ko‘proq o‘quvchilar qabul qilinishi va sinflarda bolalar soni 40—50 nafargacha oshib ketishi holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur maktablardagi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Ayniqsa, 7 yoshdan kichik yoki ta’lim olib boriladigan tilni bilmaydigan o‘quvchilarga pedagoglarning ko‘proq kuch va e’tibori talab etilayotganligi sababli boshqa o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Eng yomoni, tanish-bilish yoki yuqoridan qo‘ng‘iroq qilib bolasini joylashtirish kabi salbiy holatlar oqibatida, o‘sha mikrohududda yashaydigan aholining farzandlari bunday talab yuqori bo‘lgan maktablarda o‘qish imkoniyatidan mahrum bo‘lib, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

    Yuqoridagi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2019-yildan boshlab talab yuqori bo‘lgan maktablarga (hozircha Toshkent shahridagi 81 ta maktablar) qabul Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

    Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, ushbu umumta’lim muassasalariga bolalar asosiy va qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinadi. Yangi qabul tizimi bosqichma-bosqich boshqa viloyatlarda ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

    Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning (tegishli yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan) farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan holda asosiy kvota shakllantiriladi.

    Umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1-sentabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, umumta’lim muassasalarida ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi.

    Davlat xizmatlari markazlari orqali bolalarni umumta’lim muassasalariga (asosiy kvota bo‘yicha) qabul qilish har yili 15-iyundan 31-iyulga qadar, qo‘shimcha kvota bo‘yicha har yili 15-iyundan 31-avgustga qadar amalga oshiriladi.

    Qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumta’lim muassasalariga qabul qilish uchun bir bolaga nisbatan quyida nazarda tutilgan holatlarning har bir bandi bo‘yicha ota-onalarning ixtiyoriy roziligi asosida eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik yig‘imlar undiriladi:

    1. mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi bolalar;
    2. mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan, ya’ni tegishli yilning 1-yanvaridan 31-dekabrga qadar 7 yoshga to‘lmaydigan bolalar;
    3. umumta’lim muassasalarida (mikrohudud va mikrohududdan tashqari) ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun.
    Mazkur mablag‘lar maktabdagi sharoitlarni yaxshilash hamda maktab o‘qituvchilari va direktorini rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.

    Umumta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini bevosita Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan nazorat qilib borish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Kuzatuv kengashi a’zolari maktab mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishini nazoratga oladi.

    08.06.2019, 21:26   Izoh (0)   29990
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana bir shifokorga tahdid qilingan video tarqaldi

    08.06.2019, 21:11

    Farg‘onada 75 ming so‘m qarzdorlikni deb MIB xodimi kaltaklandi

    08.06.2019, 20:55

    O‘zbekistonda darsliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

    08.06.2019, 20:40

    Moskvada politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

    08.06.2019, 20:10

    Video: Gulistonda 5 tonnalik palovni bepul tarqatish vaqtida yuzaga kelgan tartibsizlik

    08.06.2019, 18:12

    “Oqtepa lavash” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ovqatdan zaharlanganlar soni 49 kishiga yetgan

    08.06.2019, 17:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.