Sirdaryo viloyati ma’muriy markazi Guliston shahrida 8-iyun kuni “Tashabbus—2019” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi munosabati bilan tashkil etilgan tantanalar vaqtida 5 tonnalik megapalov damlangan. So‘ng yegulik aholiga bepul tarqatilgan.
Palovni bepul tarqatish vaqtida aholi tartibli navbat tashkil qila olmagan (katta ehtimol bilan, tashkilotchilarning o‘zi ham tartibli navbatni hosil qilish uchun ko‘p ko‘mak bermagan).
Tartibsizlik holatining videolari esa ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram’dagi ommabop kanallarda tarqalib ketgan. Aksariyat foydalanuvchilar bepul oshga navbatda turganlarning tartibsiz harakatlarini qoralagan.
Izoh (0)