Hindiston hukumati mamlakat havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etgan vaqtinchalik ta’qiqni olib tashladi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda Hindiston Harbiy-havo kuchlari (HHK) matbuot xizmati ma’lum qilgan.
“Hindiston (HHK) tomonidan havo hududi bo‘yicha 2019-yil 27-fevralida joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar olib tashlandi”, — deb yozilgan bayonotda.
Avvalroq Pokistonning fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Pokiston hukumati tijoriy parvozlar uchun o‘z havo hududidan foydalanish bo‘yicha Hindistonga qo‘ygan cheklovi 15-iyunga qadar davom etishini ma’lum qilgan edi.
Pokiston hukumati ham fevral oyi oxirlarida o‘z havo hududini tijoriy reyslar uchun yopib qo‘ygan edi. Bu Pokiston hukumatining Kashmirdagi bahsli joyda havo hududini buzgan Hindistonning ikki harbiy samolyotini urib tushirganini ma’lum qilganidan so‘ng sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Pokiston hududidan parvozlarni amalga oshirishi cheklovlari bir necha marta uzaytirilgan.
Izoh (0)